Farg‘onada davlat xizmatidagi masʼul xodimlar uchun profilaktik o‘quv-seminar tashkil etildi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda hududdagi davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish, yuridik xizmat hamda komplayens nazorat bo‘limlari, tuman (shahar) hokimliklarining tashkiliy kadrlar guruhi rahbarlari masʼullari ishtirok etdi.
Seminarda davlat fuqarolik xizmatidagi masʼul bo‘linmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish, davlat organlari va tashkilotlarida ishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha mavjud kamchiliklari tahlil qilindi.
Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan uslubiy ko‘mak ko‘rsatildi, mutaxassislar tomonidan yangi bilim va ko‘nikmalar berildi.
Tadbir davomida fikr-mulohazalar almashildi, olingan yangi bilimlar savol-javoblar orqali mustahkamlandi.