“El-yurt umidi” jamg‘armasining xorijda taʼlim olayotgan stipendiatlari bilan muloqot tashkil etildi

14:28 - 27 Yanvar 2025 Yangiliklar
212

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Jamg‘arma vakillari muloqot avvalida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini taʼkidlashdi. Shuningdek, bugun yoshlarimizni davlat ko‘magi bilan chet elda o‘qitish tizimi — davlat xizmatini salohiyatli, vatanparvar kadrlar bilan to‘ldirishning zamonaviy moduli sifatida shakllanganini bildirishdi. 

Yosh mutaxassislarimizning mamlakatga qaytib, faoliyat yuritishi, vatanga bo‘lgan insoniy fazilatlarini yana-da yuksaltirish, ular duch kelayotgan muammolarni o‘rganish va hal qilishga ko‘maklashish, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Davlat xizmati bo‘yicha BMT global forumi” haqida fikr almashish —  muloqotning muhim masalasi bo‘ldi.

Shuningdek, xorijda taʼlim olayotgan barcha o‘zbekistonlik yoshlarning hamkorligi masalasida ham fikrlar almashildi. Stipendiatlar o‘zi taʼlim olayotgan xorijiy universitetlarda O‘zbekistonning ijobiy imijini yana-da yaxshilash yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari,  takliflarini bildirishdi. 

Muloqotda stipendiatlarning taʼtil davrida mamlakatimizdagi davlat idoralarida amaliyot o‘tashlari masalalari yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Jamg‘arma tomonidan 755 nafar stipendiat xorijdagi nufuzli taʼlim dargohlarida tahsil olmoqda.

Chop etish