Senat raisi ayol-rahbarlar uchun tashkil etilgan o‘quv-seminar ishtirokchilari bilan muloqot qildi  

14:34 - 30 Yanvar 2025 Yangiliklar
66

Senatda o‘tgan uchrashuvda T.Narbayeva O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yuksaltirishdagi tashabbuslar, ayollarning siyosiy jarayonlar va qonunchilik faoliyatidagi ishtiroki, davlat rahbarining siyosiy irodasi hamda tashabbusi bilan mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash, davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha shabhalarida xotin-qizlarning rolini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Xotin-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Shuningdek, muloqotda jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi dolzarb muammolarni aniqlash, tahlil qilish va ularga yechim taklif qilish kabi masalalarga ham eʼtibor qaratildi.

Muloqot qizg‘in ruhda o‘tdi, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Chop etish