Davlat xizmati bo‘yicha Ostona xabi bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

14:36 - 30 Yanvar 2025 Yangiliklar
63

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat xizmati bo‘yicha Ostona xabi bilan 2020-yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.

2023-yilning oktyabr oyida Samarqand shahrida Agentlik va Xab o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolangan. O‘tgan davr mobaynida Ostona xabining taklifi bilan Agentlik vakillari 15 dan ortiq xalqaro konferensiya va seminarlarda taqdimotlar bilan ishtirok etgan. Shuningdek, Agentlik, Ostona xabi va boshqa tashkilotlar hamkorligida davlat xizmatini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilgan.  

Bugun hamkor tashkilotlar vakillari o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2025-yilning 23-25-iyun kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Davlat xizmati bo‘yicha BMT forumi doirasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, uchrashuvda sohaga oid boshqa qator takliflar ham muhokama qilindi. 

Chop etish