Davlat xizmatchilari va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda
Ushbu so‘rovnoma O‘zbekistonda davlat xizmatchilari va jamoatchilikning hamkorligini yana-da yaxshilash, davlat organlarining jamoatchilik bilan ishlashdagi samaradorligi va xalqning davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.
So‘rovnoma natijalari tadqiqot ishida, shuningdek, islohotlar samaradorligini yana-da oshirish, boshqaruvda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash uchun takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi.
So‘rovnoma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda jamoatchilik, ikkinchi qismda esa davlat xizmatchilari ishtirok etishi belgilangan. Ushbu, taqdim qilinayotgan 1-qism jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.
Ishtirok etish — https://forms.gle/FTMdGuHckeadvsWS8
Hurmatli jamoatchilik, so‘rovnoma anonim xususiyatga ega, unda shaxsingizni ko‘rsatish talab etilmaydi. Aniq va xolis javob berishingiz so‘rovnomaning samarali bo‘lishiga yordam beradi.
Maʼlumot uchun, ushbu So‘rovnoma Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Gulchexra Ashurovaning tadqiqot ishi doirasida o‘tkazilmoqda.