O‘zbekistonlik bir guruh davlat xizmatchilari uchun Vengriyaga stajirovka tashkil etildi 

09:56 - 28 Fevral 2025 Yangiliklar
49

Dastur Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “Ludovika” davlat xizmati universiteti hamkorligida, shuningdek GIZning “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi ko‘magida tashkil etildi.

Maʼlumot uchun: Universitet 2012-yilda mamlakatdagi uchta yirik taʼlim muassasi negizida tashkil etildi. Muassasa ilg‘or Yevropa hamda anʼanaviy venger tajribasi asosida davlat boshqaruvi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan. 

Dasturda "Milliy kadrlar zaxirasi"dan nomzodlar, “Rahbar ayollar maktabi” dasturi tinglovchilari, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Yagona integrator “UZINFOCOM” masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda. 

Stajirovka dasturi davomida tinglovchilar Vengriyaning markaziy va mahalliy ijro hokimiyati hamda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyati bilan yaqindan tanishishadi. Shuningdek, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va suv resurslarini oqilona boshqarish yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashishadi. 
 

Chop etish