Qoraqalpog‘iston: davlat fuqarolik xizmatidagi xotin-qizlar o‘zaro tajriba almashdi, yangi  ko‘nikmalarga ega bo‘ldi

14:15 - 5 Mart 2025 Yangiliklar
749

Seminar o‘z ishini shuʼbalarda davom ettirdi. Unda ishtirokchilar uchun “Davlat xizmatidagi xotin-qizlarning shaxsiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari”, “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va agressiyaning psixologik asoslari”, “Inson resurslarini boshqarishning zamonaviy usullari”, “Xotin-qizlarning davlat xizmatiga moslashuvining ijtimoiy xususiyatlari”, “Davlat xizmatidagi xotin-qizlarning jamoatchilik bilan hamkorligi: zamonaviy texnologiyalar va trendlar”, “Davlat fuqarolik xizmatidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari” mavzularida treninglar tashkil etildi. 

Shuʼbalar o‘z ishini kichik guruhlarda ishlash, keys-stadi va bahs-munozara kabi interfaol usullarda tashkil etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarning sohaga oid taklif va tashabbuslari, mavjud muammolari qabul qilindi. 

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu seminar Qoraqalpog‘istonda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatidagi xotin-qizlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning yangi ko‘nikmalar olishi, o‘zaro tajriba almashishi, sohadagi faoliyatlarini yana-da rivojlantirishi uchun o‘ziga xos korpus vazifasini bajardi.

Chop etish