Davlat fuqarolik xizmatidagi ish o‘rinlarini tasniflash va baholash tizimi takomillashtiriladi
“Davlat fuqarolik xizmatidagi ish o‘rinlarini tasniflash va baholash tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida xorijiy ekspertlar ishtirokida navbatdagi onlayn seminar tashkil etildi. Seminar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) hamkorligida tashkil etildi. Unda Agentlikning masʼul vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Seminarda davlat fuqarolik xizmatidagi ish o‘rinlarini tasniflash va baholash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, namuna sifatida tanlab olingan uch turdagi lavozimlarning vazifa va majburiyatlari, malaka talablari va samaradorlik mezonlari aniqlanib, baholash yuzasidan ekspertlar bilan fikr-mulohazalar almashildi.
Maʼlumot uchun, professiografik tahlil – bu davlat tashkilotlaridagi har bir lavozimning vazifa va majburiyatlari, malaka talablari va samaradorlik mezonlarini aniqlash jarayonidir.