Xotin-qizlar kuni munosabati bilan necha kun dam olinadi?

10:40 - 6 Mart 2025 Yangiliklar
1144

Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:

▫️8-mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni bayrami - barcha uchun dam olish kuni;
▫️9-mart (yakshanba) — Dam olish kuni;
▫️10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni.

Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi.
 

Chop etish