Fransiyaning yetakchi nashrlaridan biri “Le Figaro” gazetasida O‘zbekistonning boshqaruv sohasidagi islohotlari haqida maqola chop etildi

15:21 - 13 Mart 2025 Yangiliklar
92

Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda quyidagi muhim tashabbuslar yoritib berilgan:

▫️Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona – fuqarolar va hukumat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni taʼminlash.
▫️Raqamli platformalar (regulation.gov.uz & uzbekistan2030.uz) – fuqarolarning davlat siyosatini shakllantirishda ishtirok etishi.
▫️Tashabbusli byudjet va “Ochiq byudjet” portali – jamoatchilikning davlat xarajatlarini belgilashdagi ishtirokini taʼminlash.
▫️Fuqarolik jamiyati va mustaqil OAVni mustahkamlash – oshkoralik va hisobdorlikni kuchaytirish.
▫️Tashqi siyosatda jamoatchilik ishtiroki – davlat boshqaruvi jamoatchilik manfaatlarini aks ettirishini kafolatlash.

Ushbu islohotlar O‘zbekistondagi demokratik rivojlanishning tarixiy bosqichi bo‘lib, Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi uchun yangi namuna yaratmoqda.

 ▫️Batafsil o‘qish.
 

Chop etish