Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan dam olish kunlari belgilandi
▫️ 29-mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni; ▫️30-mart (yakshanba) – Ramazon hayiti bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni; ▫️31-mart (dushanba) – ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan barcha uchun dam olish kuni.

Ramazon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi hamda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.