Samarqandda "Rahbar ayollarning davlat xizmatida tutgan o‘rni, lider ayollar ulushini oshirish hamda gender tenglikka erishish istiqbollari" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali hamda viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan muloqot rahbar ayollarning salohiyatini oshirish, ularda liderlik qobiliyatini shakllantirish, shaxsiy rivojlanishlari uchun zarur uslubiy tavsiyalar berish, xotin-qizlar o‘rtasida davlat xizmati jozibadorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Unda Agentlikning viloyat filiali rahbariyati va xodimlari, viloyat hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, Tashkiliy-kadrlar guruhi vakillari, Salohiyatli va Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlar, “Rahbar ayollar maktabi” dasturi bitiruvchilari hamda OAV ishtirok etdi.
Muloqot avvalida so‘z olganlar sohadagi islohotlar, xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdi. Shuningdek, kadrlar zaxirasini shakllantirish va uni samarali boshqarish, ayollarda liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, rahbar ayol imiji kabi mavzularda fikr-mulohazalar almashildi. Ishtirokchilar soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.