Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari professional jihatdan yana-da rivojlantiriladi

11:30 - 16 Fevral 2022 Yangiliklar
1248

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman va shahar hokimliklari Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi boshlandi. 

Dastur 2 bosqichda tashkil etilayotgan bo‘lib, 220 nafar viloyat, tuman va shahar hokimliklari tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari malakasini oshirish rejalashtirilgan. 

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligidagi maxsus o‘quv dasturi doirasida tinglovchilar uchun O‘zbekistonda kadrlar siyosati, mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish istiqbollari, mahalliy hokimliklar Tashkiliy-kadrlar guruhlari faoliyatini samarali tashkil etishdagi dolzarb vazifalar, shuningdek, ishtirokchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini professional jihatdan yana-da rivojlantirishga qaratilgan treninglar tashkil etiladi.

4 kunlik qisqa muddatli o‘quv dasturini muvaffaqiyatli bitirgan ishtirokchilarga maxsus Sertifikat topshiriladi. 

❗️Mavzuga yana qaytamiz. 

Chop etish