Barcha sohalarning quyi tizimlarida natijadorlik bo‘lsa, xalq rozi bo‘ladi
Toshkent viloyatida tuman va shahar sektorlar faoliyatining baholash reytingi natijalari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati, viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i hamda viloyat davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, tuman(shahar) sektor rahbarlari, ularning kotiblari ishtirok etdi.
Muloqot doirasida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-536- son qaroriga muvofiq baholash natijalari muhokama qilindi.
Tadbirda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari sektor masʼullari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatib, ularga natijadorlikka erishish yuzasidan batafsil ko‘rsatmalar berdi.
Bugungi kunda Prezidentimizning tashabbuslari bilan quyi tizimda natijadorlikka erishish, odamlarni rozi qilish, ishsizlikka va kambag‘allikka barham berish uchun islohotlarning eng zarur bo‘g‘ini sifatida tashkil etilgan mahalladagi 2 ta yangi institut, hokim yordamchilarining faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarining dastlabki tahlil natijalari bilan tanishtirdi
Sektor rahbarlariga mahalladagi 2 ta yangi institut qo‘shimcha kuch ekanligi va davlat xizmatini yana-da rivojlantirishda ushbu imkoniyatdan samarali foydalanish zarurligi taʼkidlab o‘tildi.
Tadbir davomida sektor rahbarlari va sektor kotiblarining barcha savollariga javob berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning kelgusida davlat xizmatini yana-da rivojlantirish, jozibadorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflari olindi.