Namangan shahar hokimligida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun targ‘iboti yuzasidan davlat fuqarolik xizmatchilari bilan uchrashuv tashkil etildi 

16:44 - 19 Avgust 2022 Yangiliklar
530

Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi  viloyat  filiali rahbariyati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi rahbariyati va vakillari, hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda dastlab Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan davlat fuqarolik xizmatini isloh qilish hamda boshqaruvda natijadorlikni taʼminlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda ularning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi. 

Shundan so‘ng, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilangan yangi tartiblar haqida birma-bir maʼlumot berildi. Qonunning muhim moddalari sharhlandi. 

Uchrashuv davomida xizmatchilarning  fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Yakunda Qonunning ahamiyatini aholi  o‘rtasida ham keng targ‘ib qilish borasida tavsiyalar berildi.

 

Chop etish