Davlat fuqarolik xizmatchilari samaradorligi baholanmoqda
208 ta tuman (shahar)larda har chorakda 1216 nafar hokim o‘rinbosarlari faoliyati 44 ta ko‘rsatkich hamda 832 nafar sektor rahbarlari faoliyati 9 ta ko‘rsatkich asosida baholanib, ularning reytingi shakllantirilmoqda.
9 400 dan ortiq mahallada 123 mingdan ortiq respondent orasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. BAA bilan hamkorlikda “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi 2-sikli amalga oshirildi.
Tuman (shahar) hokim o‘rinbosarlari faoliyatining oylik ish rejalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar o‘z vaqtida “samaradorlik.uz” platformasiga kiritilishi tashkillashtirilib, monitoring qilib kelinmoqda.
BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi doirasida 7 ta pilot tuman hokimliklarida EMSK tizimini joriy qilish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi hamda normativ-huquqiy hujjat loyihasi uchun takliflar tayyorlandi.