Joriy yilda davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirildi?

08:58 - 25 Dekabr 2024 Yangiliklar
94

Agentlik tomonidan 6 ta kompleks o‘rganish va 631 ta monitoring o‘tkazilib, 4391 ta qonunbuzilishlar bo‘yicha 187 ta taqdimnoma va 510 ta ogohlantirishlar kiritildi.

 

Natijada 81 ta noqonuniy buyruqlar bekor qilindi, 87 nafar xodimning buzilgan huquqlari tiklandi, aybdor bo‘lgan shaxslarning 186 nafari maʼmuriy va 101 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi.

Top-500ga kiruvchi xorijiy OTMlarni tamomlagan 7 nafar yosh mutaxassislarga ustama to‘lash bo‘yicha buzilgan huquqlari tiklanib, 71,4 mln so‘mdan ortiq mablag‘lar to‘lab berilishi taʼminlandi.

Mahalliy hokimliklarning 5 913 nafar xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 1 137 nafarida davolanishga bo‘lgan ehtiyoj aniqlandi hamda 1 094 nafar xodimlar sog‘lomlashtirilishi taʼminlandi. Ryespublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 29 tasida hamda ularning Sirdaryo viloyatidagi 7 ta hududiy boshqarmasida faoliyat olib borayotgan jami 87 nafar xotin-qizlar uchun sinov tariqasida aprel oyidan boshlab moslashuvchan ish rejimi joriy etildi.

Boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan jami 36 nafar yoshlar yetakchisining buzilgan huquqlari tiklanib, ularga 196 mln so‘mdan ortiq turar joy ijara to‘lovlari to‘lab berilishi taʼminlandi.

Chop etish