Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi
“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
🔹28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
🔹29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
🔹30-dekabr (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
🔹31-dekabr (seshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
🔹1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
🔹2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.