Odob-axloq qoidalari — davlat fuqarolik xizmatchisining xalq bilan samarali ishlashiga yordam beradi
Qachonki, unga to‘liq rioya qilinsa.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi masʼul xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, vazirlik hamda idoralarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Seminar avvalida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri B.Alimov ushbu qoidalarga so‘zsiz rioya qilinishi bo‘yicha vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi galdagi vazifalarga to‘xtaldi.
Shuningdek, o‘quv davomida:
▫️Davlat fuqarolik xizmatchilarining namunaviy odob-axloq qoidalari, ularni qabul qilish shart-sharoitlari, zarurati va ahamiyati;
▫️Kasbiy madaniyatga oid, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqari, shuningdek tashqi ko‘rinish, kiyinish uslubiga oid umumiy odob-axloq qoidalari;
▫️Jamoatchilik vakillari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda odob-axloq qoidalariga rioya qilish va uning ahamiyati, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlarini oldini olish;
▫️Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi;
▫️Odob-axloq komissiyalari faoliyati, ular tomonidan xodimlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etish uchun profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda javobgarlik masalalarida muhim maʼlumotlar berildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan muloqotda davlat xizmatchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.