“El-yurt umidi” jamg‘armasining xorijda taʼlim olayotgan stipendiatlari bilan muloqot qilindi
Bu gal xorijda, nufuzli universitetlarning huquq, siyosiy fanlar va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim olayotgan 70 nafarga yaqin stipendiatlari uchrashishdi.
Yosh mutaxassislarimiz bilan Adliya vaziri A.Tashkulov, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O.Xasanov, Tashqi ishlar vazirligi masʼul vakillari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati ishtirok etdi.
Dastavval yoshlarimizning yashash va o‘qish sharoitlari haqida suhbatlashildi. Shundan so‘ng, uchrashuv maqsadi, sohadagi dolzarb masalalar haqida yosh mutaxassislarga maʼlumot berildi. Tizimni rivojlantirish bo‘yicha ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Vatani va yaqinlari sog‘inchi bilan xorijda yashab, tahsil olayotgan yoshlarimiz ushbu muloqot ularni xursand qilganini, Davlatimiz rahbarining eʼtibor va g‘amxo‘rligi motivatsiya berayotganini taʼkidlashdi.
Shundan so‘ng, so‘ngi yillarda davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilgan kadrlar bilan ishlashda ochiqlik tizimi, shuningdek, adliya organlari sohasida amalga oshirilgan maʼmuriy islohotlar haqida maʼlumot berildi.
Shundan so‘ng, stipendiatlar sohaga doir qator takliflarini bildirdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Taʼlimdan so‘ng, vataniga qaytib, o‘z yo‘anlishida amalga oshirilayotgan islohotlarni rivojlantirish istaklari qatʼiyligini bildirishdi.
Maʼlumot uchun, endilikda barcha vazirlik, idoralar rahbarlarining Jamg‘arma stipendiatlari bilan tizimli ravishda muloqotlari tashkil etib boriladi.