Inson resurslarini rivojlantirish sohasida Koreya bilan hamkorlik rivojlanmoqda

09:00 - 23 May 2024 Yangiliklar
851

Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti (NHI) prezidenti Kim Che Xvan boshchiligidagi delegatsiya va Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda 2022-2024-yillarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va NHI hamkorligida davlat xizmatini raqamlashtirish bo‘yicha masʼul rahbarlar uchun tashkil qilingan malaka oshirish dasturlari sarhisob qilindi. Ularning samarasi va natijalari muhokama qilindi.

Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti Prezidenti Kim Che Xvan O‘zbekistonda davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Muloqot davomida, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, 2023-yil oktyabr oyida imzolangan Anglashuv memorandumi doirasidagi tadbirlar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, keyingi yillarda:

◽️davlat xizmatchilari uchun Koreyada qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirishni ko‘paytirish;
◽️rahbar kadrlar kompetensiyalarini baholash (assesment) markazi faoliyatini tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilish;
◽️koreyalik mutaxassislar ishtirokida seminar-trening va boshqa tadbirlarni tashkil etish o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida eʼtirof etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu yo‘nalishlarni aks ettirgan amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqishga va amalga oshirishga kelishishdi. 
 

Chop etish