Surxondaryoda talabalar bilan ochiq muloqot: Yoshlar davlat ishiga kirishning barcha imkoniyatlari haqida bilishi kerak

10:51 - 24 May 2024 Yangiliklar
635

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati masʼullari Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabalari bilan uchrashdi.

Talantli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilish, ularni sohaga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan muloqot avvalida talabalarga sohadagi o‘zgarishlar, "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berildi. 

Davlat fuqarolik xizmatida ishlashning ahamiyati, meritokratiya tamoyili asosida ishga kirish tartibi bo‘yicha bosqichma-bosqich tushuncha berildi. Yoshlar bilan fikr-mulohazalar almashildi.

Jarayon respublika bo‘ylab davom etmoqda. 

Chop etish