Andijonda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” g‘oyasi negizida “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

10:27 - 22 Iyul 2024 Yangiliklar
638

◽️Tanlov doirasida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitob mutolaasi yaxshilandi. Kitobxonlik yo‘nalishida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. 

Tanlov 3 ta shart (tezkor savol-javob, kitob sharhi, esse yozish) asosida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyati bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. 

Viloyatda ayni paytda 7 ming nafardan ziyod davlat xizmatchisi faoliyat yuritadi. Tabiiyki, ularning maʼnaviy dunyoqarashi, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi juda muhim. Maʼnaviyatli, ilmli davlat xizmatchisi xalqning davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchini yana-da mustahkamlaydi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Kitobxon tashkilot” nominatsiyasida Andijon viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi g‘olib deb topildi. “Eng yaxshi kitobxon davlat xizmatchisi” nominatsiyasida esa Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Buloqboshi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Shaxnozaxon Qosimova loyiq ko‘rildi. 

G‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. Ahamiyatlisi, endilikda mazkur tanlov har yili anʼanaviy tarzda tashkil etiladi.

Chop etish