Farg‘ona davlat universitetida inson resurslari (HR) fakultetining ochilishi — viloyatda kadrlar salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘ladi

09:15 - 10 Sentabr 2024 Yangiliklar
696

Xabaringiz bor,  (https://argos.uz/uz/press-center/news/755)Farg‘ona davlat universitetida HR mutaxassislarni tayyorlab beradigan fakultet ochilgan edi. Ushbu mutaxassislik xodimlarni boshqarish, inson resurslarini rivojlantirish va samarali ish muhitini yaratish sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.

Bugun Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tashabbusi bilan ushbu fakultet talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. 

Uchrashuv avvalida davlat boshqaruvida HRM oldida turgan asosiy vazifalar, zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonun mazmun-mohiyati turli misollar yordamida tushuntirib berildi. 

Taʼlim yo‘nalishini tugatgan talabalar davlat boshqaruvi organlari, turli vazirlik va idoralar hamda qo‘mitalarning kadrlarni boshqarish tizimida, iqtisodiyotning turli tarmoq, sohalarida ishlashlari mumkinligi taʼkidlandi.

Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Chop etish