Janubiy Koreyada HR-yetakchilari forumi bo‘lib o‘tdi
Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakili ham ishtirok etdi.
Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti (NHI) tomonidan Kvachxon shahrida Inson resurslari sohasi yetakchilari forumi (2024 NHI HR Leaders Forum) tashkil etildi.
Mazkur Forum muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan bo‘lib, inson resurslari sohasida eng dolzarb va istiqbolli mavzular bo‘yicha tajriba almashish hamda innovatsion g‘oyalarni taqdim etish uchun maydon bo‘lib kelmoqda.
Joriy yildagi Forumda inson resurslarini boshqarish sohasida sunʼiy intellektni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Forum doirasida O‘zbekiston tajribasi ham taqdimot qilindi. Agentlik vakilining sunʼiy intellektni boshqaruv kadrlarni baholash jarayoniga qo‘llash istiqbollari yuzasidan qilgan taqdimotini ishtirokchilar ijobiy baholadi.