“O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi II mavsumi doirasida uchrashuv tashkil etildi

16:15 - 22 Iyul 2024 Yangiliklar
606

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Saidfarrux Islomov va BAA Hukumat ishlari vazirligining Hukumat samaradorligi va davlat boshqaruvini yaxshilash dasturi direktori Ibrohim Salman Al Hammadi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda davlat organlarining samaradorligini baholash loyihasining 2023-yilda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan I mavsumi sarhisob qilindi va dasturning II mavsumini amalga oshirish yuzasidan rejalar belgilab olindi.

Dasturning 2-siklida 1 ta institutsional hamda 7 ta individual nominatsiyalar bo‘yicha vazirlik va vazirliklar xodimlari baholanishi belgilangan. 

Dastlabki bosqichda soha mutaxassislari va ekspertlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish, tanlov kategoriyalarini aniqlash, assessorlarni tayyorlash bo‘yicha BAA tomonidan uslubiy ko‘mak ko‘rsatilishiga kelishildi.

Shuningdek, dastur g‘oliblari uchun BAAda stajirovkalar tashkil qilish, O‘zbekistonda davlat organlarining samaradorligini baholash loyihasining onlayn platformasini to‘liq ishga tushirish bo‘yicha hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida mahalliy ekspertlar uchun seminar tashkil etildi va loyihani o‘tkazish bosqichlari muhokama qilindi.

Chop etish