Xalq xizmatidagi davlat – el-yurt uchun ulug‘ saodat

15:03 - 25 Iyul 2024 Yangiliklar
405

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston” nashriyotida "Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli kitobi chop etildi. Asar boblaridan biri shunday nomlangan. 

O‘zbekistonning bugungi yangi qiyofasi, mamlakatimizning jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni va mavqei, muhim xalqaro ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki, dolzarb masalalar bo‘yicha ilgari surayotgan ko‘plab tashabbuslarining mazmun-mohiyati ushbu keng qamrovli, fundamental asarda chuqur tahlil va dalillar, aniq fikr-mulohazalar asosida teran yoritib berilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev serqirra faoliyatining maʼno-mazmuniga aylangan, keyingi yetti yil davomida mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning markazida bo‘lib kelayotgan milliy mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, odamlarni hayotdan rozi qilish, inson qadrini ulug‘lash kabi ezgu tushunchalar mazkur kitobning bosh g‘oyasi, asosiy leytmotivini tashkil etadi.

— Mening eng katta niyatim – mamlakatimizda kambag‘allik va ishsizlikka butunlay barham berishdir, — deb yozadi Prezidentimiz. — Shunday kunlar kelishiga ishonchim komil va buning uchun bor kuch va imkoniyatlarimni, borlig‘imni bag‘ishlashga tayyorman”.

Chop etish