Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17:23 - 25 Iyul 2024 Yangiliklar
453

Unda Jamoatchilik kengashi aʼzolari, tashkilot rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar masʼullari va mutaxassislari ishtirok etdi. Yig‘ilishda Kengash aʼzolari faol qatnashdi. 

Dastlab Agentlik direktorining o‘rinbosari, Jamoatchilik Kengashi raisi o‘rinbosari Saidfarrux Jamshidxonovich joriy yilning o‘tgan olti oyida O‘zbekistonda davlat xizmati sohasidagi islohotlar haqida fikr bildirdi. Shundan so‘ng,  tashkilotning 2024-yil I-yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan tahliliy maʼlumot berildi. 

Jumladan, Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, kadrlar faoliyati samaradorligini baholash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil maʼlumot berildi. 

Sohada raqamlashtirish ishlarining dastlabki natijalari tahlil qilindi va ijobiy baholandi. Xalqaro hamkorlik masalalari yangi bosqichga ko‘tarilganligi taʼkidlandi. Kengash aʼzolari dolzarb masalalarda takliflar kiritdi. 

❕Yig‘ilish davomida Jamoatchilik kengashining 2024-yil 2-yarim yillik ish rejasi muhokama qilindi, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Chop etish