Mamlakatimizda istiqboldagi rahbar kadrlarni rejali tayyorlash tizimi ishga tushgan

09:38 - 5 Avgust 2024 Yangiliklar
971

Samarqandda amaldagi rahbarlar hamda Millliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun maxsus o‘quv dasturi tashkil etildi. 

Taʼkidlanganidek, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Davlat xizmatchisi — avvalo xalq xizmatchisi bo‘lishi shart” tamoyili ostida olib borilgan islohotlar natijasida yurtimizda davlat boshqaruvining o‘ziga xos modeli yaratildi.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, davlat boshqaruvining samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar kadrlarning salohiyatiga bog‘liq. Shu asosda bugungi kunda mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatiga salohiyatli rahbar kadrlarni jalb qilish, zaxirasini shakllantirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirish, bu orqali rahbar kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ayni shu maqsadda tashkil qilingan o‘quv seminari amaldagi va istiqboldagi rahbar kadrlarning kompetensiyalarini oshirish, bo‘lajak rahbarlarni rejali tayyorlashga qaratilgan.
 
Bugungi sharoitda davlat xizmatchilarining shaxsiy hamda professional salohiyatini uzluksiz oshirib borish, turli sharoitlarga moslashuvchanlik, oldiga qo‘yilgan masalalarni tezkor va sifatli hal etish uchun doimiy o‘z ustida ishlashi —  dolzarb ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

O‘quv davomida davlat xizmatchilari, rahbarlar uchun eng muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda treninglar tashkil etildi. 

◽️Maʼlumot uchun: Seminarga Zaxiraga kiritilgan nomzodlar hamda viloyat, tuman (shahar) hokimlari o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tashkilotlarning rahbar va o‘rinbosarlari (jami 550 nafar) ishtirok etdi.

Chop etish