Milliy kadrlar zaxirasidagi yana bir guruh nomzodlar masʼul vazifalarga tayinlandi
Eslatib o‘tamiz, Milliy kadrlar zaxirasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan yuritiladi.
◽️Baymuratov Anvar Maxsetovich Qorao‘zak tumani hokimi etib tayinlandi. A.Baymuratov tayinlovga qadar Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
◽️Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi. K.Aytbayev tayinlovga qadar Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
◽️Asronkulov Elyorbek Madaminovich Furqat tumani hokim etib tayinlandi. E.Asronkulov tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga faoliyat yuritgan.
◽️Mansurov Axror Axmadaliyevich Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlandi. A.Mansurov tayinlovga qadar To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritgan.
◽️Ergashev Sardor Kadirovich Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi. S.Ergashev tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan.
◽️ Jo‘rayev Nurali Shuhratovich G‘ozg‘on shahri hokimi etib tayinlandi. N. Jo‘rayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.
***
Maʼlumot uchun, nomzodlar Milliy kadrlar zaxirasiga mehnat faoliyatidagi yutuqlari, intellektual salohiyat va rahbarlik ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan test sinovlari va assessment natijalari asosida saralab olingan.
O‘tgan davr ichida nomzodlar shaxsiy rivojlanish rejasi asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Davlat boshqaruvi akademiyasida malakasini oshirdi. Masʼul rahbarlarga dublyorlik qilishgan.
Masʼul rahbarlarning kelgusidagi xalqchil faoliyatiga ham muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!