HR bo‘linmalari uchun yana bir qulaylik yaratildi
Qulayliklardan samarali foydalanish bo‘yicha HR bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari uchun amaliy seminar tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq “hrm.argos.uz” elektron platformasi doirasida Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq (vacancy.argos.uz) portalining yangi talqini hamda “Xizmat safari” moduli ishga tushirildi.
Ishlab chiqilgan portalning yangi talqini vazirlik va idoralarning HR xizmatlariga qator qulayliklarni taqdim etadi. Endilikda vakant lavozimga tanlov eʼlon qilishdan tortib, xodimning tashkilotdagi faoliyatini yakunlashga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar yagona elektron platformada shakllantiriladi va yuritiladi.
Seminar doirasida “hrm.argos.uz” elektron platformasi va “Xizmat safari” modulidan foydalanish taqdimoti tashkil etildi.