Andijonda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi xodimlari uchun Forum tashkil etildi

12:16 - 12 Avgust 2024 Yangiliklar
866

Forum — inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi xodimlari o‘rtasida o‘zaro fikr, tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi islohotlardan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Forumning dastlabki qismida ishtirokchilar uchun malakali trenerlar tomonidan davlat fuqarolik xizmati sohasiga oid bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etildi. 

Ikkinchi qismda esa ishtirokchilar tarixiy ziyoratgohlarda bo‘lishdi. Ushbu Forum mehnat samaradorligimizni yana-da oshiradi, deya taʼkidladi ishtirokchilar. 

Tadbir yakunida sohani yana-da yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. 

Chop etish