O‘zbekiston va Turkiya vakillari inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda raqamli dasturlar faoliyatini yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda
Avval xabar berganimizdek, bir guruh davlat xizmatchilarimizdan iborat delegatsiya ayni kunlarda Turkiya Respublikasida stajirovka o‘tamoqda.
Agentlik, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning masʼul vakillari ishtirok etayotgan stajirovka dasturi inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda joriy qilingan raqamli dasturlar faoliyati bilan yaqindan tanishishga yo‘naltirgan.
Dastur doirasida ishtirokchilar Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon ho‘jaligi, Savdo, G‘azna va moliya, Shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vazirliklarida bo‘lishdi.
Uchrashuvlar doirasida inson resurslarini boshqarishda joriy qilingan zamonaviy usullar va raqamli yechimlar, ishga kirgan yangi xodimlarni davlat xizmatiga moslashtirish masalalarida o‘zaro tajriba almashildi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi hamda mamlakatning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga tashriflar amalga oshirildi.