Sirdaryoda jurnalistlar va jamoatchilik vakillari uchun Press-tur tashkil etildi

10:12 - 9 Oktabr 2024 Yangiliklar
148

Press-tur OAV xodimlari va jamoatchilik vakillarini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi

Tur davomida ishtirokchilar Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun tashkil etilgan o‘quv, davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlariga eʼlon qilingan tanlovlarning test sinovi hamda suhbat bosqichlari jarayonini kuzatishdi. 

Shuningdek, ularga davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish, kadrlarning salohiyatini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi. Ishtirokchilar Agentlikning elektron platformalarini ijobiy baholashdi. 

Tadbir davomida OAV vakillari sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.  

 

Chop etish