"Uzbekistan Government Quality Award 2024" dasturining 2-sikli natijalarini taqdim etish marosimi bo‘lib o‘tdi

15:04 - 10 Oktabr 2024 Yangiliklar
59

Unda BAAning oliy martabali delegatsiyasi, jumladan, Dasturning hakamlar hayʼati aʼzolari, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish va Strategik islohotlar agentliklari rahbariyati, masʼullari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillari ishtirok etdi.

Vakillar o‘z nutqida davlat xizmatini ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida ikki tomonlama hamkorlik tobora kengayib borayotganini taʼkidlashdi.

Shundan so‘ng, Dastur natijalari maʼlum qilindi.  Unda Loyiha to‘liq raqamlashtirilgani, mutaxassislar bir necha bor vazirliklarda seminarlar o‘tkazishgani, 3 ta yangi — HR, yosh davlat xizmatchisi va ayol davlat xizmatchilari kategoriyalari taʼsis etilgani maʼlum qilindi.

Taqdim etilgan tavsiyalar dasturda qatnashgan har bir vazirlikda chuqur tahlil qilinishi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida oldinga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini sifatli taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi. 

Muloqot davomida “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturining 2-sikli g‘oliblarini taqdirlash marosimini o‘tkazish muddati bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Maʼlumot uchun, ushbu Dastur — mamlakatda davlat boshqaruvi va davlat xizmati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan.

Chop etish