Toshkentda II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti ish boshladi

10:26 - 9 Oktabr 2024 Yangiliklar
163

Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agenligi rahbariyati va masʼul vakillari ham ishtirok etmoqda. 

"Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024" xalqaro sammitida 30 dan ortiq mamlakatdan 60 ga yaqin kompaniya, 120 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda. 

Maqsad — raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yechimlar, tahdidlar va hamkorlik, muhim infratuzilma va biznes aktivlarini himoya qilishga qaratilgan.

◽️Sammit doirasida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “Kiberxavfsilik markazi” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan. 
 

Chop etish