Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “Kiberxavfsilik markazi” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi

12:00 - 9 Oktabr 2024 Yangiliklar
69

Hamkorlik kelishuvini Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Saidfarrux Islomov va “Kiberxavfsilik markazi” rahbari Olimjon Mirzayev imzolashdi.

Kelishuvga ko‘ra, endilikda tomonlar davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsga doir maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlash yuzasidan davra suhbatlari va o‘zaro muhokamalar tashkil etib boradi. 

Axborot va kiberxavfsizlik sohasiga doir yangi texnologiyalar va qurilmalarni ishlab chiqish hamda ularni sinov tariqasida tekshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishadi. 

Qolaversa, davlat fuqarolik xizmati sohasida joriy etilgan axborot tizimlarining xavfsizlik talablariga muvofiqligi ekspertizadan o‘tkazib boriladi. 

Chop etish