Yoshlarga davlat xizmatiga kirish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi

14:33 - 11 Oktabr 2024 Yangiliklar
40

Agentlikning Navoiy viloyati filiali hamkorlar ko‘magida Navoiy davlat pedagogika institutida “Ochiq davlat xizmati” shiori ostida talabalar bilan muloqot tashkil etdi.

Faol, tashabbuskor, iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb etish, yoshlar orasida davlat xizmati jozibadorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda yoshlarning fikrlari, kelajak rejalari bilan yaqindan o‘rtoqlashildi.

Talaba-yoshlarga davlat xizmati sohasidagi islohotlar, ishga kirishning ochiq tanlov tizimi, yosh kadrlarning rivojlanishi uchun berilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi. 

Muloqot davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ajratilayotgan grantlar yuzasidan taqdimot qilindi. Yoshlar xorijda bepul taʼlim olish dasturiga oid takliflarini bildirishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi. 

Chop etish