Namanganda yoshlarni turli kasblarga qiziqtirishga yo‘naltirilgan tadbir tashkil etildi

11:40 - 14 Oktabr 2024 Yangiliklar
189

Agentlikning Namangan viloyati filiali qator tashkilotlar bilan hamkorlikda hududdagi yoshlarni o‘zlari qiziqqan kelajak kasblariga yo‘naltirish, iqtidorli talabalarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb etish maqsadida yoshlar sayli tashkil etdi.

Unda 3000 nafardan ziyod o‘quvchi va talabalar, 40 dan ortiq davlat va nodavlat sektorlari ishtirok etdi.

Tadbirda  “maktab - oliy taʼlim - tashkilot” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida 10 ta maydoncha tashkil etildi. “Davlat xizmatiga ochiq yo‘l”, “Maʼnaviyat”, “Raqamli texnologiyalar”, “Fan va taʼlim”, “Ishga marhamat”, “Harbiy vatanparvarlik”,  “Yoshlar va sport”, “Madaniyat va sanʼat”, “Ijtimoiy himoya va salomatlik”, “Zakovat”  kabi maydonchalarda kitoblar yarmarkasi, ko‘rgazmalar, viktorinalar tashkil etildi.

Yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan yoshlar kelgusida qaysi kasbni tanlashlari bo‘yicha aniq maqsadlarini belgilashdi.

Chop etish