Davlat idoralarida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi o‘rganilmoqda

10:43 - 16 Oktabr 2024 Yangiliklar
170

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda maʼlum qilindi.  (https://www.facebook.com/watch/live/?ref=watch_permalink&v=845519104062310)

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 2024-yilning 9 oyida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq o‘rganishlar o‘tkazildi va qator taʼsir choralari qo‘llanildi. 

◽️Tahlillarga ko‘ra, o‘rganishlar davomida:

– 788 ta holatda tanlov o‘tkazish tartibiga amal qilinmagan, 272 nafar fuqaro davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlovsiz ishga qabul qilingan hamda 7 ta holatda kadrlar bo‘yicha rahbarlik lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishmasdan tayinlangan;
– 644 nafar davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lashda ularning huquqlari buzilgan; 
– 167 nafar davlat fuqarolik xizmatchisiga mehnat taʼtillarini berishda, 96 nafariga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llashda, 4 nafar xodimni ishdan bo‘shatishda qonunchilik talablariga amal qilinmagan; 
– 1438 ta holatda inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlar “hrm.argos.uz” elektron platformasi orqali shakllantirilmagan.

◽️O‘rganishlar yuzasidan:

– 178 ta taqdimnoma kiritilgan;
– 236 ta maʼmuriy taklif berilgan;
– 510 ta yozma ogohlantirish xatlari yuborilgan.

◽️Ko‘rilgan taʼsir choralar natijasida:

– 87 nafar davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lashda ularning buzilgan huquqlari tiklangan; 
– 81 ta noqonuniy qabul qilingan buyruq bekor qilingan,
– 21 ta holatda Tanlov komissiyasining xulosasi bekor qilingan va tanlov qayta o‘tkazilgan.

Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 101 nafar aybdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, shundan 14 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy bosh boshqarmalari bilan hamkorlikda 186 nafar aybdor shaxsga nisbatan 340 million 800 ming so‘m (340,8 mln so‘m) maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan. 

Jarayon davom etmoqda.

Hurmatli davlat xizmatchisi, sizda ham murojaat bo‘lsa, ushbu — @murojaat_argos_bot ga yo‘llang!
 

Chop etish