Sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlantiriladi

15:38 - 17 Oktabr 2024 Yangiliklar
99

“Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-358-son, 14.10.2024-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish bo‘yicha erishish lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar, shu jumladan:

➡️sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

➡️YAIDXP (my.gov.uz) da sunʼiy intellekt asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

➡️sunʼiy intellekt yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O‘zbekistonni birinchi 50 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

2025-yil 1-sentyabrgacha loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur maʼlumotlar bilan taʼminlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini ko‘rgan holda “katta maʼlumotlar” bazasi yaratiladi.

2026-yil 1-maygacha sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida maʼlumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan hisoblash quvvatlari ishga tushiriladi.


Batafsil

Chop etish