“El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashi 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi natijalarini eʼlon qildi

14:18 - 14 Oktabr 2024 Yangiliklar
280

2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida munosib qatnashgan va yuqori ball to‘plagan 411 nafar yoshlarimiz “Jamg‘arma stipendiati” deb eʼtirof etildi.

Jamg‘arma maʼlumotlariga ko‘ra, endilikda stipendiatlarning 95 foizi Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlarida taʼlim olishadi. 

G‘oliblar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

G‘olib deb topilgan yoshlarimizni, yosh mutaxassislarimizni samimiy qutlaymiz. El-yurtimiz ishonchini oqlash nasib qilsin!

Chop etish