IT-Park ning Nurafshon filialida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi 

16:32 - 18 Oktabr 2024 Yangiliklar
186

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan muloqot avvalida davlat fuqarolik xizmati sohasidagi islohotlar, davlat xizmatchisining ijtimoiy-huquqiy himoyasi, ishga kirishning tenglikka  asoslangan ochiq, shaffof tizimi yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, muloqotda AKT sohasida yuqori natijalarga erishgan xizmatchilar va tadbirkorlar hayotiy tajribalari haqida yoshlarga gapirib berishdi. Yosh mutaxassislarga xorijiy va mahalliy kompaniyalarda amaliyot o‘tash tartibi, kelgusida ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Muloqot davomida yoshlar faollik ko‘rsatib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Chop etish