O‘zbekistonda xotin-qizlarni rahbarlikka tayyorlashning o‘ziga xos milliy modeli shakllanmoqda
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining joriy yil 13-fevraldagi 31-soni chop etildi. Ijtimoiy-siyosiy nashrning bu galgi sonida ham qator dolzarb masalalardagi maqolalar, xabarlar bosildi.

Jumladan, Agentlik masʼul xodimi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Farangiz Avazbekovaning maqolasi eʼlon qilindi.
Unda boshqaruvda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, xususan, salohiyatli rahbar ayollar korpusini shakllantirishga oid masalalar tahlil qilingan. Shuningdek, “Rahbar ayollar maktabi” asosida xotin-qizlarni yuqori turuvchi lavozimlarga maqsadli tayyorlash tizimi haqida maʼlumot berilgan.
Qolaversa, maqolada Milliy kadrlar zaxirasi hamda ochiq tanlov tizimi orqali sohaga kirib kelgan xotin-qizlar salmog‘i xususidagi ko‘rsatkichlar bilan ham tanishishingiz mumkin.