Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida inson resurslarini rejalashtirish yuzasidan seminar o‘tkazildi

09:24 - 14 Fevral 2025 Yangiliklar
493

Seminarda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari,  Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) eksperti, vazirlikning departament, boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida davlat xizmati xodimlari faoliyatini strategik rejalashtirish, sohada inson resurslarini boshqarish tizimidan samarali foydalanishga eʼtibor qaratildi. 

Xalqaro ekspert inson resurslarini rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadi, O‘zbekiston davlat organlarida inson resurslari boshqaruvi sohasidagi muammolar, inson resurslarini rejalashtirishda strategik yondashuvni joriy etishning afzalliklari haqida maʼlumot berdi.  Ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarni institutsional maqsadlar bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy misollar keltirildi. 

Seminarda inson resurslarini rejalashtirishda asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, monitoring va baholash jarayonlarida qo‘llaniladigan vositalar va metodikalar, barqaror kadrlar amaliyotini taʼminlashda xodimlar bo‘yicha menejerlarning roli yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. 

Jarayon boshqa vazirlik va idoralar, hokimliklarda ham davom etadi. 
 

Chop etish