Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rejalashtirish loyihasi bo‘yicha Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
Loyiha doirasidagi seminarlar Raqamli texnologiyalar va Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida, Farg‘ona hamda Buxoro viloyatlarida tashkil etildi. Bugun, ushbu seminar-treninglar natijalari yuzasidan muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida Agentlik vakillari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilayotganini taʼkidlashdi va dastlabki natijalarga erishilganini ham bildirishdi.
"Good Governance" dasturi menejeri Viktor Keysler, xalqaro ekspert Damir Axmetovich inson resurslarini rejalashtirishning ahamiyati, ishchi kuchini rejalashtirish samaradorligini baholash, boshqarmalar, departamentlar va vazirliklar darajasida ehtiyojlarni o‘rganish masalalari yuzasidan fikr bildirishdi. Ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarni institutsional maqsadlar bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy misollar keltirishdi.
Seminar davomida vazirlik va idoralar inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshliqlarining yangi mexanizmlar asosida inson resurslarini rejalashtirish bo‘yicha Loyiha taqdimotlari tinglandi.
Shuningdek, hamkorlar kelgusidagi ustuvor vazifalarini ham muhokama qilishdi.