Namanganda OAV vakillari  va jamoatchilik ishtirokida matbuot anjumani boshlandi

15:24 - 28 Fevral 2025 Yangiliklar
62

Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filialining 2024-yil davomidagi faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilish belgilangan. 

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbariyati, Markaziy apparati masʼullari, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etayotgan anjumanda sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida maʼlumot berilmoqda. 

Jumladan, davlat fuqarolik xizmatiga kadrlarni ochiq tanlov orqali qabul qilish tizimi, Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish,  xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, kadrlar faoliyati samaradorligini baholash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil maʼlumot berilmoqda. 

Anjuman davomida davlat fuqarolik xizmati sohasidagi turli masalalar, mavjud muammolar yuzasidan jurnalistlarning taklif va tashabbuslari ham tinglanadi. 
 

Chop etish