Salohiyatli kadrlarni tanlab olishda ushbu platformaning imkoniyati yetarli
Yana bir yosh mutaxassis maktab direktori lavozimi uchun eʼlon qilingan ochiq tanlov g‘olibi bo‘ldi.

Urganch tumanidagi 10-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori lavozimi uchun eʼlon qilingan ochiq mustaqil tanlovda 29 yoshli Dilmurod Egamov g‘olib bo‘ldi va shu lavozimda ish boshladi.
— vacancy.argos.uz platformasini sinab ko‘rdim. Onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, test topshirdim. So‘ng men bilan suhbatlashishdi. Bugun ishonch bilan ayta olamanki, strategik tashabbuslarni amalga oshirishda, salohiyatli kadrlarni tanlab olishda ushbu platformaning imkoniyati yetarli. Ishga kirishdagi ushbu ochiqlik va shaffoflik tizimi hukumatga nisbatan ishonchni ham shakllantiradi. Tanlovning yana bir muhim tomoni — eng saralarni tanlash imkoni mavjud ekanligida. Endilikda asosiy maqsadim — bilimli yosh avlodni shakllantirish.
Eslatib o‘tamiz, vacancy.argos.uz portali orqali vazirlik va idoralar hamda ular tizimidagi tashkilotlarning rahbarlik lavozimlariga ham ochiq tanlovlar tashkil etilmoqda.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlari uchun o‘tkazilayotgan ochiq mustaqil tanlovlar g‘oliblarining rasmiy kanali (https://t.me/vacancy_winners) orqali boshqa tayinlovlar bilan ham tanishib borishingiz mumkin.