Hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatining reyting natijalari endilikda ochiq

17:46 - 26 Oktabr 2021 Yangiliklar
8446

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan respublikaning barcha tuman, (shahar)larida hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK, KPI) asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va natijaga erishishda har bir rahbarning hissasini aniq belgilash imkonini beradi.

Shu bilan birga, har bir hokim o‘rinbosarlarining erishgan natijalarini jamlash asosida hokim faoliyatiga baho beriladi. Mazkur holat o‘z navbatida tuman (shahar) hokimliklarida jamoaviy muhitni shakllantirib, umumiy natija uchun butun hokimlik tashkiliy tizim imkoniyatlarini safarbar etishga turtki beradi.

Baholash tizimini amaliyotda tadbiq etilishi natijasida har chorakda barcha tuman (shahar) hokimlari va o‘rinbosarlarining reytingi shakllantirilib borilmoqda. Reyting joriy etilishi mahalliy hokimliklar rahbarlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitni shakllantirib, ularning o‘zaro musobaqalashuv asosida yuqoriroq natijalarga erishishini rag‘batlantirmoqda.

Samaradorlik ko‘rsatkichlari natijalari Agentlikning argos.uz portalining "Reyting" (https://argos.uz/oz/indicator) menyusida joylashtirildi va u quyidagi qismlardan iborat:

✔️ Natijadorligi yuqori hududlar

✔️ Ko‘rsatkichlari eng yuqori tuman (shahar)lar

✔️Hududlarda ko‘rsatkichlari eng quyi tuman (shahar)lari

✔️ Hokim o‘rinbosarlarining EMSK bo‘yicha reytingi

Shuningdek, elektron xizmatda tuman (shahar) hokimlarining TOP - 20ligi, tuman (shahar) hokimlarining QUYI - 20ligi ham joy olgan. 


Izoh: Ushbu reyting natijalari 2021-yil iyun holatida

Chop etish