Davlat xizmatchilarining kompetensiyalarini baholash bo‘yicha Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

11:47 - 20 Dekabr 2024 Yangiliklar
181

Mazkur malaka oshirish dasturi Koreya Respublikasi Personalni boshqarish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Taʼkidlash joizki, o‘quv oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi. 

Mazkur malaka oshirish kursi Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti (NHI) negizida boshqaruv kadrlarini kompleks baholash sohasida milliy ekspert-trenerlarni tayyorlash, shuningdek, milliy mutaxassislar tomonidan intervyu o‘tkazish, baholash usullarini ishlab chiqish maqsadida tashkil qilindi. 

Dasturda Rahbar kadrlarni baholash markaziga assessorlar sifatida jalb qilingan idora va tashkilotlarning boshqaruv xodimlari ishtirok etmoqda.

Xizmat safari yakunlari bo‘yicha rahbar kadrlarni baholash tizimini takomillashtirish maqsadida “Trenerlar uchun treninglar” (ToT) dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
 

Chop etish